my5
28

"Vaziyat jiddiy!" Koreyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirilmoqda

Jamiyat 10.08.2020, 15:22
2742
"Vaziyat jiddiy!" Koreyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirilmoqda

Avgust oyining boshidan beri Koreya Respublikasining qator hududlarida kuchli yomg`ir va ko`chkilar kuzatilmoqda va buning oqibatida 38 kishining halok bo`lgani yoki bedarak yo`qolgani xabar qilinmoqda, deya ma`lum qilmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi. 

Shuningdek, shu paytgacha 4 mingga yaqin aholi o`z uyini tashlab ketishga majbur bo`lgan, 9,300 gektar qishloq xo`jaligi erlari suv ostida qolgan. Mamlakat meteorologiya xizmati Chollanamdo viloyati va Katta Kvangju shahrida yog`ingarchilik yanada ko`payishini taxmin qilmoqda. To`fonning yarim orolga qarab harakatlanishi ehtimoli sababli markaziy Chunchxon va sharqiy Gangvondo aholisi yana kuchli yomg`irga tayyorlanmoqda.

Hozirda Janubiy Koreya to`fon ta`sirida bo`lib, juda kuchli yomg`ir va shamol kutilmoqda. Asosiy zarba Koreya yarim orolining janubiy va sharqiy hududlarida sodir bo`lishi mumkin.

Koreya Respublikasi O`rmon xizmati mamlakatning 16 ta hududidagi ko`chki xavfining «jiddiy» darajaga ko`tarilgani haqida ogohlantirgan. Ayni paytda yomg`ir yog`ishda davom etib, mamlakat janubini suv bosmoqda. Ob-havo ma`lumotiga ko`ra, bu holat markaziy va shimoliy hududlar, shu jumladan poytaxtda ham yuz beradi.

Bugungi kunda Koreya Respublikasida ko`plab o`zbekistonliklarning vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini inobatga olib, ulardan ehtiyotkorlikni oshirishlarini, tabiiy ofatlarda mamlakatda belgilangan ko`rsatmalarga rioya qilishlarini so`raymiz, deyiladi Anentlik xabarida. 

Шарҳлар