my5
28

“Pulni pul topadi, ahmoq ketmon chopadi“. Yulduz Usmonova jonli efirda aytgan gapiga tushuntirish berib chiqdi (video)

Jamiyat 10.08.2020, 09:47
3754
“Pulni pul topadi, ahmoq ketmon chopadi“. Yulduz Usmonova jonli efirda aytgan gapiga tushuntirish berib chiqdi (video)

Avval xabar berganimizdek, Yulduz Usmonova "Zo`r.tv"ning jonli efiridagi konsertida gapirgan nutqi yozilgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, noo`rin keltirgan maqoli tufayli ko`pchilikning muhokamasiga sabab bo`ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan keskin tanqidlardan so`ng Yulduz Usmonova jonli efirda aytgan "Pulni pul topadi, ahmoq ketmon chopadi" degan jumlalariga qata tushuntirib berib chiqdi.

"Men ham Farg`onada oddiy dehqon, ishchi oilasida katta bo`lganman. Mening bu gaplarim dehqonlarimizga atalmagan. Mqolni majoziy ma`noda o`zimga nisbatan ishlatganman. Karantin paytida bekor yotish kerak emas degan ma`noda. Barchadan ushbu gaplarimni ushlab olib, dehqonlarni g`azabini keltirish maqsadida ig`vo tarqatmasliklarini so`rayman", - 

deydi O`zbekiston xalq artisti.

Шарҳлар