my5
28

Bir ayolni tahqirlab, uni urayotgan videodagi uch ayolning kimligi aniqlandi

Jinoyat 09.08.2020, 13:43
3441
Bir ayolni tahqirlab, uni urayotgan videodagi uch ayolning kimligi aniqlandi

Internet tarmoqlarda  3 nafar ayol boshqa bir ayolni tahqirlab, uni urayotganlari aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur fakt Toshkent shahar IIBB tomonidan o`rganib chiqildi

Hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo`lgan. Ayollarning shaxslari aniqlandi. Ular: 41 yoshli farg`onalik muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 1 qismi (“Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bo`yicha sudlangan Mukarram M., 35 yoshli surxandaryolik muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 4 qismi va 169 moddasi 1 qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha sudlangan Shaxnoza P. Va 23 yoshli farg`onalik Shahodatxon K.lar bo`lgan. Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg`onalik Go`zalxon E. edi.   

Uch nafar ayollar oldindan til biriktirib va Go`zalxonni Mukarramning o`g`lini sehrlab rom qilganlikda ayblab, uni xo`rlashgan. Mukarram hodisani telefon orqali videoga tushirib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun tarmoqqa joylagan.

Mazkur fakt asosida Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan 8 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 1 qismi (“Qiynash”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.

Шарҳлар