my5

Toshkent shahrining Yangi hayot tumani 6 tumandan er ajratish hisobiga tashkil etiladi

Jamiyat 05.08.2020, 14:26
623
Toshkent shahrining Yangi hayot tumani 6 tumandan er ajratish hisobiga tashkil etiladi

Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o`zaro chegaradosh bo`lgan tumanlari hududlarini o`zgartirish bo`yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari joriy yil 29 may kuni Toshkent shahrida Yangi hayot tumanini tashkil etish masalasiga to`xtalib o`tgan edi. Shunga muvofiq, ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo`ldan 263, O`rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangi hayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo`yicha taklif ishlab chiqildi.

Yangi hayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlari chegarasining o`zgarishi to`g`risida ham taqdimot qilindi. Shuningdek, Yangi hayot tumanida loyihalashtirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tumanning ma`muriy markazini tashkil etishga oid takliflar ko`rib chiqildi.

Шарҳлар