my5

O`zbekistonda bakteriya va virus yuqtirmaydigan tibbiy kombinezonlar yaratildi

Jamiyat 05.08.2020, 13:49
542
O`zbekistonda bakteriya va virus yuqtirmaydigan tibbiy kombinezonlar yaratildi

O`zbek to`qimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladi. Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo`llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfining oldini oladi.

Loyiha tashabbuskori «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi "Cotton Road" qo`shma korxonasi bo`lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Evropaning so`nggi «HeiQ Viroblock» innovasion ishlanmasini o`zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakteriyal texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlash tizimidir.

Шарҳлар